
Konor va Habib tarafdorlari o‘zaro jang qilmoqchi
Habib Nurmagomedovning safdoshlaridan biri MMA jangchisi Zubayra Tuxugov irlandiyalik Konor MakGregorning yaqin do‘sti Artyom Lobov bilan Moskvadagi UFC turnirida jang o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.
"Agar, jang amalga oshsa, men tayyorman. Buni imkoni bo‘lmasa nima ham qilardim. To‘g‘risi, uni raqibim sifatida ko‘rmayapman. Biroq, Lobov bilan Moskvada jang o‘tkazish uchun barchasiga urinib ko‘raman", - dedi Tuguxov.
Avvalroq, Lobov Zubayra bilan jang qilish uchun UFC promousheniga qaytishga tayyor ekanligini, hattoki u bilan qo‘lqopsiz o‘tkaziladigan to‘qnashuvga ham roziligini ma’lum qilgandi. O‘z vaqtida Tuxugov va Lobov UFCda o‘zaro jang qilishlari kerak edi. Ammo, bu bekor qilingan. Lobov hozirgi vaqtda UFC jangchisi hisoblanmaydi.
29 yoshli Tuxugov faoliyatida 19 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat bor. 33 yoshga to‘lgan, Lobov 13 ta g‘alabaga erishgan va 15 marotaba muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Fikrlar