Konte jamoaning zich taqvimi haqida gapirdi
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte o‘yinlarning zich taqvimi haqida fikr bildirdi.
Italiyaning amaldagi chempioni "Fiorentina" maydonida o‘yin o‘tkazsa, 18 sentyabr kuni Angliyada Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi.
- Bu biz uchun sinovli damlardan biri. Endi har uch kunda o‘yin o‘tkazishimiz kerak, mavsum aniq murakkab bo‘ladi. Tarkibni almashtirish usulidan foydalanishga majbur bo‘lamiz, jamoaga buni uddalash uchun sabr kerak bo‘ladi, - dedi Konte.
O‘tgan mavsumda neapolliklar evrokuboklarda ishtirok etmay turib, A Seriya g‘olibiga aylangandi. Bu yilgi chempionatda Konte jamoasi dastlabki ikki o‘yinda ham g‘alaba qozondi.

Fikrlar