Conte “Napoli”dan ketishini e’lon qildi

  • 25.05.2026 00:45
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriya 38-turidan o‘rin olgan “Udineze”ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoani tark etishini ma’lum qildi.

Italiyalik mutaxassis 2024 yilda neapolliklar boshqaruvini qabul qilib olgan edi. U ilk mavsumidayoq jamoani chempionlikka olib chiqqan.

"Bir oy oldin prezident De Laurentisga qo‘ng‘iroq qilib, hech narsa so‘ramadim. Faqat yo‘lim yakuniga yetayotganini aytdim. Bu qarorni allaqachon qabul qilib bo‘lgan edim.

“Napoli”da bir narsada muvaffaqiyatsizlikka uchradim — jamoada to‘liq birlikni ta’minlay olmadim. Birliksiz esa katta jamoalarga qarshi kurashish qiyin. Atrofda juda ko‘p salbiy muhit bor edi. “Napoli”ga bunday odamlar kerak emas", — dedi Konte.

Ma’lumot uchun, jamoa joriy mavsumni 76 ochko bilan A Seriyada 2-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!