
"Kopa Amerika". Ko‘plab bahslarda sabab bo‘lgan Braziliya Kosta-Rikani taslim eta olmadi
"Kopa Amerika" "D" guruhi 1-turidan o‘rin olgan Braziliya - Kosta-Rika bahsi yakunlandi. Mazkur bellashuvda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Ta’kidlash kerak, "pentakampeonlar" bellashuv davomida yaqqol ustunlik qildi va raqib darvozasi tomon 19 ta zarba yo‘lladi, shulardan 3 tasi darvoza sohasiga aniq bordi. Kosta-Rikaning esa umumiy zarbalari 2 tani tashkil etdi. Aniqlari esa yo‘q.
Qayd etish lozim, Braziliya bellashuvning 30-daqiqasida gol urgandi. Biroq Markinosning goli VARning uzoq muhokamasidan so‘ng bekor qilindi. Ushbu vaziyatda ofsayd yoki ofsayd emasligi borasida bahslar hamon davom etmoqda.
Fikrlar