Koreyada antidoping bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazilmoqda

  • 29 sentabr, 2022, 12:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Joriy yilning 28-29 sentyabr kunlari Koreya Respublikasida Butunjahon antidoping agentligi tashabbusi bilan milliy antidoping agentliklari rahbar xodimlari ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

Ushbu seminarda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori A.Sadikov va bo‘lim boshlig‘i N.Azamatovalar ham ishtirok etishmoqda. Seminarning ochilish marosimida Butunjahon antidoping agentligi prezidenti Witold Bańka so‘zga chiqib, ishtirokchilarni samimiy tabrikladi.

O‘z navbatida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori A.Sadikov ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi va ushbu seminarga taklif qilinganligi uchun minnatdorchilik bildirdi hamda mamlakatimizda dopinga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!