Kot-d’Ivuar murabbiyi: "Germaniyani mag‘lub etish uchun maydonga chiqamiz"
Kot-d’Ivuar terma jamoasi bosh murabbiyi Emers Faé Germaniyaga qarshi bo’lajak Jahon chempionati uchrashuvi oldidan o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
Afrika vakillari mundialni Ekvador ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g’alaba bilan boshlagan edi. Endi ularni 20 iyun kuni Germaniyaga qarshi muhim bahs kutib turibdi.
"Biz bu yerga AQShni tomosha qilib, keyin uyga qaytish uchun kelmaganmiz.
Biz yaqinda Fransiyani mag’lub etdik va turnirni ham juda kuchli jamoa bo’lgan Ekvador ustidan g’alaba bilan boshladik.
Germaniyaga qarshi o’yin qiyin bo’ladi. Ular juda katta tajribaga ega va bir necha bor jahon chempioni bo’lgan. Tarkibida Yevropaning eng yirik klublarida o’ynaydigan futbolchilar bor va hujum chizig’i ham juda xavfli.
Bu oson vazifa emas, ammo biz g’alaba qozonish va ikkinchi turning o’zida pley-off masalasini hal qilish uchun ularga qarshi kurashamiz", — dedi Faé.
Eslatib o’tamiz, Germaniya birinchi turda Kyurasao’ni 7:1 hisobida mag’lub etgan bo’lsa, Kot-d’Ivuar Ekvadordan ustun kelgan. Shu sababli ikkinchi tur bahsi E guruhida peshqadamlik uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.

Fikrlar