Palmer "Chelsi"dan ketish haqida o'ylamoqda. Uch grand klub futbolchiga qiziqmoqda
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Koul Palmer jamoani tark etish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida "The Sun" nashri xabar tarqatdi.
Britaniya matbuoti ma’lumotiga ko‘ra, yulduz futbolchining ehtimoliy transferi xaridor klubka taxminan 170 million yevroga tushishi mumkin.
Avvalroq matbuotda Palmerga Madridning "Real" klubi, "Manchester Yunayted" hamda Myunxenning "Bavariya"si qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.
23 yoshli yarim himoyachi joriy Angliya Premier-ligasi mavsumida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Uning "Chelsi" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2033 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar