Koul Palmer nima uchun "Manchester Siti"ga o‘tganini izoxladi
Angliya milliy terma jamoasi va "Chelsi" klubi futbolchisi Koul Palmer "aristokratlar" safiga o‘tish paytidagi antiqa bir jarayon hususida gapirib o‘tdi. Forvard 2023 yilning yozida "Manchester Siti"ni tark etib, aynan londonliklar safiga borib qo‘shilgandi.
"Bu tavakkal qaror edi. Men aynan nima qilayotganimni va bu qanday klub ekanligini bilmasdim. Ba’zilar menga: "U erga borma, u erga borma" deyishdi. Lekin men nima qilishni xohlayotganimni tushunib etdim. So‘ng, qaror qabul qildim va bu erga keldim.
Bir klubdan boshqasiga o‘tish hayotimni butkul o‘zgartirdi. Albatta, mazkur o‘zgarishlar futbolga ham, meninig terma jamoaga chaqirila boshlashimda ham ijobiy ta’sir qildi", - dedi Koul Palmer.

Fikrlar