Kozimbek Mardonovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 8 mart, 2021, 16:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Profescional boksning o‘rta vazn toifasida (72 kg) o‘z janglarini o‘tkazayotgan Kozimbek Mardonov ikkinchi jangini o‘zidan ancha tajribali bo‘lgan raqibi Abel Nikolas Adrielga (23-21-3,5 KO) qarshi o‘tkazdi. "Rivalta Boxing" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan, 6 raundlik qilib belgilangan bahs to‘liq davom etdi va Mardonov hakamlarning qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Tecno

E’tiborlisi, Mardonovning 3-jangi sanasi va raqibi ham ma’lum bo‘lib ulgurgan. Unga ko‘ra, Mardonov 26 mart kuni Elie Augustamaga (6-15,3 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, Mardonov o‘zining debyut jangida Marselo Rubin Molinani 2-raundda muddatidan oldin mag‘lub etgan holda, ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!