Krishtianu Ronaldu "Forbs"da rekord o‘rnatdi

  • 07.06.2026 18:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sport tarixida yangi moliyaviy rekord o‘rnatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 41 yoshli portugalialik yulduz umumiy kasbiy daromadi 2 milliard dollardan oshgan ilk sportchiga aylandi. Hozirgi paytgacha Ronalduning faoliyati davomida topgan umumiy daromadi 2,1 milliard dollarga yetgani qayd etilmoqda.

Qiyos uchun, uning asosiy raqibi hisoblangan argentinalik Lionel Messi butun karerasi davomida taxminan 1,1 milliard dollar ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi 2026 yildagi jahon chempionatida yana bir bor maydonga tushishadi. Guruh bosqichida Portugaliya terma jamoasi Kolumbiya, O‘zbekiston va DR Kongo‘ga qarshi o‘ynaydi. Amaldagi jahon chempioni Argentina esa Aljir, Avstriya va Iordaniya bilan bir guruhdan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!