Kroos Vinisiusni tanqid qildi
Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos klub hujumchisi Vinisius Junior haqida tanqidiy fikr bildirdi.
"Men unga tez-tez etarli deb aytardim. Hamma uning o‘zini tutishi jamoaga yomon ta’sir qilishini biladi. Bizga u tufayli hamma qarshidek tuyulardi. Maydonda uni tinchlantirishga harakat qilardim, ayniqsa diqqatini yo‘qotmasligi uchun. Ba’zida unga shunday de aytardim: "Vini sen yaxshisan, buni senga keragi yo‘q. Meni ham zaxiraga olishlarini yoqtirmayman. Ammo norozi ekanligimni bildirib, kiyinish xonasiga ketib qolmaganman", - deya Kroosning so‘zlarini keltirdi Footmercato.
Vinisius joriy mavsumda klub safida barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar