
Kubokni yutgan "Andijon" Toshkentda o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi
O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylangan “Andijon” bugundan chempionatning navbatdagi o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi.
Qahramonlar bugundan Toshkentda to‘plandilar. Ma’lumki, ayni paytda FIFA kunlari boshlanganligi munosabati bilan Superligamizda ham tanaffus yuzaga kelgan. Shundan foydalangan holda “Burgutlar” poytaxtda yig‘inga kirishdilar.
U erdagi mashg‘ulotlar davomida 11 oktyabr sanasida “Surxon”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Andijon” jamoasi 19 oktyabr kuni Superliganing 21-tur doirasida Olmaliqda “Metallurg”ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar