Kukurelya "Barselona"ga qaytishga qarshi emas

  • 29.04.2026 13:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelyaning "Barselona"ga qaytishi haqidagi mish-mishlar kuchayib bormoqda.

Xabarlarga ko‘ra, 27 yoshli chap qanot himoyachisi Enzo Mareska iste’fosidan keyin klubdagi vaziyat sabab jamoani tark etish haqida o‘ylamoqda. Jurnalist Ferran Martines ma’lum qilishicha, ispaniyalik futbolchi kataloniyaliklar safiga o‘tish variantiga ochiq.

Manbaga ko‘ra, Kukurelya "uy"ga qaytishdan mamnun bo‘lardi, ammo hozircha "ko‘k-anorranglilar" sport direktori Deku bilan rasmiy muzokaralar olib borilmayapti.

Taxmin qilinishicha, "Chelsi" futbolchi uchun 50 million yevro atrofida mablag‘ talab qiladi. "Barselona" esa tarkibdagi qimmatbaho himoyachilardan biri sotilmasa, bunday transferni amalga oshirishi qiyin bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!