Kulibali tahsinga sazovor ishga qo‘l urdi

  • 23 iyun, 2021, 00:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli” klubining senegallik futbolchisi Kalidu Kulibali o‘z mamlakati uchun ikkita tez yordam mashinasi, zambil, shifoxona xalatlari, shaxsiy himoya vositalari va niqoblar sotib oldi.

Belgilangan yuk yakshanba kuni Neapoldan Senegalga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Kulibali ta’tilni Afrikada o‘tkazmoqda. U bu erda bolalar bilan uchrashuvlar tashkil etmoqda, ular bilan futbol o‘ynamoqda va yana boshqa bir qator xayriya tadbirlarini tashkil qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Kalidu Kulibali avvalgi mavsum "Napoli" tarkibida jami 31 o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!