
Kuper "Lester" bosh murabbiyiga aylandi
"Lester" Stiv Kuper bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi. 44 yoshli mutaxassis so‘nggi bora "Nottingem Forest"ni APLga olib chiqqan edi. Premer-ligadagi qoniqarsiz natijalar sabab u yarim mavsumda iste’foga chiqarilgan.
"Lester" oldida Grem Potter va Karlos Korberan variantlari bor edi. Yakunda esa jamoa rahbariyati uelslik murabbiyni tanladi.
Eslatib o‘tamiz, "tulkilar" bilan Chempionshipda zafar quchgan Entso Mareska "Chelsi" bosh murabbiyiga aylangan.
Fikrlar