Kurtua mashg‘ulotlarga qaytdi

  • 7 yanvar, 2024, 20:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua yakka tartibda mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqda futbolchi o‘zining Tvitterdagi sahifasida alohida post qoldirdi.

Tecno

"Butsalarni kiyib, maysalar ustida qadam bosganingda his qiladigan energiyani so‘z bilan tasvirlash mushkul", - deb yozgan belgiyalik posbon.

Eslatib o‘tamiz, Kurtua o‘tgan yil avgust oyida jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Uning maydonga qaytish vaqti aprel-may oylariga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!