
Kutilmagan burilish: Mbappe PSJ uchun “Real”dan voz kechdi
Frantsiyaning “Monako” klubi hujumchisi Kilian Mbappe PSJ futbolchisiga aylanish uchun “Real Madrid” klubidan tushgan taklifni rad etdi.
L’Equipe nashrining xabar berishicha, PSJ vakillari Kilian Mbappe borasida “Monako” bilan muzokara boshlagan. Avvalroq parijliklar 18 yoshli hujumchi bilan shaxsiy kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.
Manbaning ta’kidlashicha, Parij klubi vakillari frantsiyalik yosh iqtidor egasi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqadi. “Monako” o‘z futbolchisini 180 million evro evaziga sotishga tayyor va PSJ so‘ralayotgan pulni to‘lashga qarshi emas.
Ma’lum vaqt muqaddam Mbappe katta ehtimol bilan faoliyatini “Real”da davom ettirishi bir necha bor aytilgandi.
Fikrlar