Kutilmagan murabbiy “Real”ni boshqarmoqchi

  • 07.05.2024 19:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Karlo Anchelottining “Real”dani ishlari joyida. Klub xo‘jayinlari italiyalik mutaxassisdan keyin jamoani “Bayer”ni Bundesliga chempioniga aylantirgan Xabi Alonsoga topshirmoqchi.

Shunga qaramay, Madrid jamoasini boshqarishga tayyor yana bir nomzod paydo bo‘ldi.

Alvaro Arbeloaning agenti mijozi “Real”ning asosiy tarkibini boshqarishga tayyorligini ta’kidladi. Arbeloa ayni paytda “Qirollik klubi”ning  o‘smirlar jamoasida faoliyat olib bormoqda.  

- Alvaro “Real”ni boshqarishni istaydi. Men bir kun kelib, u “Santyago Bernabeu”da bosh murabbiy sifatida o‘z o‘rnini topishiga ishonman, - dedi 41 yoshli mutaxassisning manfaatlarini himoya qilayotgan agent.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!