Kutilmagan o‘zgarish: Gvardiola “Siti”dan ketishga qaror qildi

  • 23.02.2025 10:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evropa Chempionlar ligasida “Real”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubni jamoani tark etishga qaror.

Ispaniyalik mutaxassis boshqa klublardan taklif kutadi.

Bu haqda Footmercato nashri jurnalisti Xosep Pedrerol xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Pep aslida jamoani o‘tgan yili yozda tark etmoqchi bo‘lgan. Gvardiola Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligini ko‘zlagan ekan. Biroq bu lavozimga Tomas Tuxel tayinlandi.

Gvardiola o‘sha paytda aniq takliflarga ega bo‘lmagani uchun eng qulay variant – “Manchester Siti”da qolishni ma’qul topdi.

Pedrerolning ta’kidlashicha, Xosep Gvardiola “Manchester Siti”dagi faoliyatini yakunlash fikridan qaytmagan va joriy mavsum oxirida jamoa bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!