Kvaratsxeliya: "Chempion bo‘lish uchun eng kuchlilar bilan kurashish kerakligini bilamiz"

  • 18 sentabr, 10:09
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya jamoaning Chempionlar Ligasidagi kelgusi o‘yinlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Parijliklar "Atalanta"ni 4:0 hisobida mag‘lub etib, turnirni g‘alaba bilan boshladi, biroq amaldagi chempionlar oldida hali ko‘plab murakkab uchrashuvlar turibdi.

Tecno

- Bizni oson bo‘lmagan o‘yinlar kutmoqda, ammo o‘tgan yilgi Chempionlar Ligasini har qanday sharoitda ham g‘alaba qozona olish qobiliyatimiz tufayli yutgan edik. Turnirda chempion bo‘lish uchun eng kuchlilar bilan kurashish kerakligini bilamiz. O‘zimizning eng yuqori darajamizni ko‘rsatib, keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz, - dedi Kvaratsxeliya.

PSJ keyingi turda o‘tgan mavsumning yarim finalchisi "Barselona" maydonida mehmon bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!