Kyortis Bleyds: "Tom Aspinallni engishning birgina usuli bor"

  • 26.08.2025 21:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Amerikalik UFC jangchisi Kyortis Bleyds og‘ir vaznda amaldagi chempion Tom Aspinallni mag‘lub etish yo‘li haqida gapirdi.

“Avvalo, tezkor Aspinallga qarshi birinchi raundda turib bera olish kerak. Shunda u tezligini uzoq vaqt davomida ushlab tura oladimi yoki yo‘qmi, bilib olasiz. Shuningdek, Tomga qarshi kurashni qo‘llash zarur. Oxirgi jangimda eng katta xatoyim shu bo‘ldi - men kurashmadi Tezlikni yo‘qotishning eng yaxshi yo‘li esa masofani qisqartirishdir. Agar unga erkin harakat qilish imkonini bersangiz, britaniyalik sizni yo‘q qiladi”, — dedi Bleyds "The Schmo" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 304" turnirida Aspinall 1-raunddayoq Kyortisni nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!