La Liga. "Valensiya"ni mag‘lub etgan "Real" "Barselona"ni 3-o‘ringa tushirib yubordi

  • 15.02.2021 08:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya La Ligasining 22-turida “Real” o‘z maydonida “Valensiya”ni qabul qildi.

Madriddagi o‘yin 2:0 hisobida “qirollik klubi”ning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni gollarni Karim Benzema (12') va Toni Kroos (42') kiritdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng, “Real” hisobidagi ochkolar 49 taga etdi va ular “Barselona”ni ortda qoldirib, musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Valensiya” 24 ochko to‘plagan holda 13-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!