Lamin Yamalga yaxshi xabar

  • 20 iyul, 2024, 20:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” klubi hujumkor futbolchisi Lamin Yamalning agenti Jorje Mendesh mijozining maoshini oshirish bo‘yicha harakat boshladi.

Sport.es nashrining xabar berishicha, 17 yoshli Yamalning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha davom etadi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, bu sanadan keyin o‘yinchining shartnomasi avtomatik tarzda 2030 yilgacha uzaytiriladi va maoshi oshiriladi.

Shunga qaramay, Yamalning Evropa chempionatida yorqin o‘yin namoyish qilganini hisobga olgan Jorje Mendesh mijozining maoshini hozirdan oshirishni talab qilmoqda.

O‘z navbatida, “Barselona” xo‘jayini Florentino Peres ham vunderkindning xizmat haqini ko‘tarish uchun qo‘lidan kelganini qilishni va’da berdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
20/07/2024 23:39
Админ кайфда езганми?Перес Барсадами?Тавба.
Асманов Асман
20/07/2024 22:52
Админ. Барсани президенти Флорентино Перес эмаску.(((
Zhovliev L
20/07/2024 20:43
Ф. Пересми?