
Laporta “Barsa”dan qochib yuribdi
“Barselona” mavsum yakunlangani munosabati bilan maxsus tadbir uyushtirishni rejalashtirgan.
AS nashrining yozishicha, murabbiylar jamoa uchun xayrlashuv tushligini tashkil qilib, dasturxon yozmoqchi. Agar ob-havo yaxshi bo‘lsa, tadbir ochiq osmon ostida o‘tkazilib, barbekyu pishirish mo‘ljallangan.
Bu tadbirda klub a’zolarining barchasi ishtirok etishi nazarda tutilgan.
Biroq klub prezidenti Joan Laporta va sport dirktori Deku tushlikka kelmasligi aytilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Daporta bir haftadan ortiq vaqtdan beri jamoa bilan muloqot qilishdan qochmoqda.
Fikrlar