
Lazizbek Mullojonov raqibidan ustun keldi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Toshkent vaqti bilan tahminan 16:15 dan so‘ng -92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov gruziyalik Giorgi Tchigladze bilan ringga ko‘tariladi.
Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz ko‘k formada, uning raqibi qizil libosda harakat qiladi.
Lazizbek Mullojonov ilk raundni o‘z foydasiga hal etdi - 5:0.
Ikkinchi raundda Mullojonovning ustunligi qayd etildi - 5:0.
Uchinchi raundda ham hakamlar bir ovozdan vakilmizning ustunligini qayd etishdi - 5:0. Yakuniy hisob ham 5:0. Mullojonov keyingi bosqichda.
Fikrlar