Leau ikki grand klub taklifini rad etdi. U nima qilmoqchi?
"Milan" hujumchisi Rafael Leau "Real" va "Chelsi" taklifini rad etdi. Futbolchi "Milan"da qolmoqchi, deya yozmoqda "La Gazzetta dello Sport" nashri.
Manbaning xabariga ko‘ra, portugaliyalik vinger "rossonerilar" bilan yangi shartnoma imzolaydi. Uning amaldagi kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Leau "Milan" kelasi mavsum ham EChLda ishtirok etishiga ishonmoqda. Aynan shu omil uni jamoada qolishga undayapti. Klub hozirda 56 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 4-o‘rinda joylashgan. Joriy mavsum Rafael 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 9 golga assistentlik qilgan.

Fikrlar