Legionerimiz qahramonlar qatorida

  • 18 sentabr, 2023, 20:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Rossiya Premer-ligasining sakkizinchi turi yakunlandi. Futbolchi yoritayotgan ommaviy axborot vositalari turning ramziy terma jamoasini tuzmoqda.

Aksariyat manbalar TsSKA hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayo‘ullaevni tur ramziy terma jamoasiga kirityapti. Bu bejiz emas, albatta. Rossiya Premer-ligasida atigi uchinchi uchrashuvini o‘tkazgan hamyurtimiz “Krilya Sovetov” qarshi bahsning ikkinchi bo‘limda maydonga tushib jamoasining o‘yinini keskin o‘zgartirib yubordi.

image_2023-09-17_11-04-46

Moskvalik “armiyachilar” o‘zbek futbolchisi yordamida hujumkor o‘yin namoyish qila boshladi. Ustunlikni mezbonlarga olib bergan Fayzullaev jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga assistentlik qildi.

Fayzullaevning yorqin o‘yini ekspertlar va jurnalistlar e’tiboridan chetda qolgani yo‘q. Xususan, “Match Premer” telekanali o‘z obunachilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida o‘zbek legionarini eng kuchli 11 futbolchi qatoriga kiritdi. Obunachilar ramziy terma jamoaga Abbosbekning aniq pasidan keyin gol urib, TsSKAni mag‘lubiyatdan qutqarishga hissa qo‘shan Fyodor Chalovni ham ramziy terma jamoaga qo‘shdi.   

Yana bir nufuzli manba –  https://www.sovsport.ru sayti ramziy terma jamoani tuzishda “Rustat” kompaniyasi taqdim etgan statistik ma’lumotlarga tayandi. Abbosbek Fayzullaev bu nashr tomonidan ham ramziy terma jamoa chap qanotiga joylashtirildi.

- Ramziy terma jamoaning chap qanotiga joylashtirilgani o‘zbek futbolchisi uchun avans bo‘lsin, chunki u hali Rossiya Premer-ligasiga to‘liq moslashib ulgurgani yo‘q. Lekin Samaraning “Krilya Sovetov” jamoasiga qarshi o‘yin moskvalik “armiyachilar” yozda sifatli hujumkor futbolchi bilan kuchayganini ko‘rsatdi.

Aynan Fayzullaev jamoasining xavfli hujumlarida qatnashdi va aslida mana shu futbolchi jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Raqib jarima maydonchasi ichiga uzatilgan paslari 100 foiz aniq chiqdi, hujumda 75 foiz yakkama-yakka kurashlarni o‘z foydasiga hal qildi. Rossiya futbolida hal nom qozonmagan o‘yinchi uchun bu erdagi faoliyati juda yaxshi boshlandi, - deb izoh berdi https://www.sovsport.ru sayti jurnalisti Andrey Tupikov.

7521adff851aaf72bec3e7ad566b17a164e2fe6a12434152314052

Futbolga ixtisoslashgan yana bir katta manba –  https://football.kulichki.net  sayti Abbosbek Fayzullaevni tur qahramonlari ramziy jamoasiga qo‘shdi.

- Chap qanot yarim himoyachidan o‘rin olgan Abbos Fayzullaev (TsSKA) ramziy terma jamoamizdai yana bir “joker”lardan. TsSKA futbolchilari “Krilya Sovetov” bilan bo‘lgan o‘yinning birinchi bo‘limini juda bo‘sh o‘tkazdi.

Ikkinchi  bo‘lim boshidan maydonga tushgan Fayzullaev “armiyachilar”ning oldingi chiziqdagi o‘yinini tubdan o‘zgartirib yubordi.

Abbos Lomaev qo‘riqlayotgan darvozasiga uchta zarba yo‘lladi. Bu TsSKAdagi ikkinchi ko‘rsatkich. Yana uchta hal qiluvchi pas uzatdi. Bu poytaxtlik o‘yinchilar orasida eng yaxshi natija. O‘zbek futbolchisi o‘zi ham gol urishi mumkin edi. Biroq, to‘p to‘singa tegdi. Lekin Fayzullaev o‘z hisobiga Fyodor Chalovga uzatilgan golli pas yozdirib qo‘ydi, - deb yozdi https://football.kulichki.net Andrey Jarkoy.

image_2023-09-16_23-00-09

Ayni paytda –  https://football.kulichki.net sayti turning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o‘z o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Hozircha, Abbosbek Fayzullaev eng ko‘p ovoz olgan uch futbolchidan biri bo‘lib turibdi.

Ushbu link orqali legionerimizga ovoz berishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Дувлан
19/09/2023 17:34
Охиридан суюнтирсин.
&
Baxtinur777
19/09/2023 14:18
Bóldidaye boshida xursand bóldim yaxshi óynaganiga gap yoq, xabarlar ham yaxshi edi, endi oshib ketdi ha deganda ósha 45 minut yaxshi óynaganini qayta qayta yozib xabar chiqaraverar ekanda