Legionerlarimiz. Aliboevning jamoasi autsayder klubga imkoniyatni boy berdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hamyurtimiz Ikrom Aliboev faoliyat olib boradigan "Seul" jamoasi bu tur safarda "Jeju Yunayted" bilan kuch sinashdi. Gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda mezbonlar 4:2 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Aliboev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Shu tariqa, "Seul" hisobidagi ochkolar soni 39 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalidagi 3-o‘rinini saqlab qoldi. "Jeju Yunayted" esa mavsumdagi uchinchi g‘alabasini tantana qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
S.M.I.D
11/07/2019 00:39
chatoq bo‘ptiyu, endi nima qilamiz