
Legionerlarimiz. Bugun uch hamyurtimiz to‘p tepadigan "Energetik-BGU" o‘ynaydi
Bugun Belarus Oliy ligasida 1-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
Unda yurtdoshlarimiz Abduqodir Xusanov, Shoxrux Abdurahmonov va Bobir Abdiholiqov harakat qiladigan "Energetik-BGU" jamoasi o‘z maydonida "Vitebsk" klubini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu jamoalar o‘rtasidagi oxirgi o‘yinda 2:2 hisobida durang natija qayd etilgan. O‘shanda hozir "Neftchi" a’zosi sanaladigan Shahzod Ubaydullaev "Energetik-BGU" safida bitta gol va assistga mualliflik qilgan edi.
Fikrlar