
Legionerlarimiz klubini tark etishadi...mi?
Qozog‘iston premer-liga qatnashchilaridan biri – “Turon” jamoasida bir qator hamyurtlarimiz to‘p surayotganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Jumladan, Shahboz Umarov, Odil Abdumajidov, Xurshid Muxtorov hamda Behruz Asqarov faoliyat olib bormoqdalar.
Sports.uz sayti insayderining eshitishicha, ushbu legionerlarimiz “Turon” bilan xayrlashishlari ehtimol bor. Boisi, klubda moliyaviy muammolar mavjud bo‘lib, aynan shu narsa tufayli futbolchilarimiz yozgi transfer oynasi vaqtida klubni tark etishlari mumkin.
Hozirda “Turon” 11 ochko bilan 9-o‘rinda boryapti. Legionerlarimiz bilan bog‘liq voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar