
Legionerlarimiz. Masharipov to‘liq o‘ynagan bahsda "Istiqlol" g‘alaba qozondi
Eron chempionati 23-turidan o‘rin olgan "Alyuminium" - "Istiqlol" bahi bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar minimal, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov bellashuvni ilk daqiqalardanoq asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Bundan tashqri, o‘zbekistonlik futbolchi sariq kartochka ham oldi.
Shu tariqa, tehronliklar ochkolari sonini 50 taga etkazib oldi va turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi. Keyingi o‘rinda borayotgan "Persopolis" ayni damda o‘z uchrashuvini o‘tkazmoqda.
Fikrlar