Legionerlarimiz. Server Jeparov jamoasi kichik g‘alabaga erishdi
Eron chempionati 27-turida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi “Sepaxon” o‘z maydonida “Gostaresh” futbolchilari bilan kuch sinashdi.
Qiziqarli kechgan o‘yinda “Sepaxon” kichik, 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, hamyurtimiz asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Sepaxon” 39 ochko bilan 4-o‘rindan joy oldi. “Gostaresh” 33 ochko bilan 9-pog‘onada qolib ketdi.



Fikrlar