
Legionerlarimiz. "Tobol" yagona gol evaziga "Ordabasi"ni mag‘lub etib, Qozog‘iston kubogini qo‘lga kiritdi
Qozog‘iston kubogi finali bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Chimkentning "Ordabasi" hamda Qostonayning "Tobol" jamoalari kuch sinashdi.
Uchrashuv taqdirini Islom Chesnokovning 67-daqiqada kiritgan yagona goli hal qildi. Legionerlarimiz Bobir Abdixoliqov va Shahboz Umarov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Ushbu g‘alaba evaziga “Tobol” Evropa ligasi saralash bosqichida o‘ynaydi, “Ordabasi” esa mag‘lubiyatga qaramay, kelasi yili Chempionlar ligasida debyut qiladi.
Fikrlar