Levandovski "Barsa"dan ketmoqchi emas

  • 14.11.2025 20:03
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchi Robert Levandovski yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida "Barselona"ni tark etmoqchi emas. Bu haqda insayder Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, 37 yoshli polshalik hujumchi ham yozda professional faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamayapti.

Tecno

Joriy mavsumda polshalik futbolchi "Barselona" safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.

Avvalroq, OAVda futbolchiga Italiyaning "Milan" va Turkiyaning "Fenerbaxche" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Robert Levandovskining "Barselona" bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!