
Levandovski "Barselona" safida yubiley o‘yinini o‘tkazdi
Ispaniya chempionatining 4-turi doirasida Kataloniyaning “Barselona” jamoasi o‘z maydonida “Osasuna”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi golni 11 metrlik masofadan “ko‘k-anorranglilar” hujumchisi Robert Levandovski kiritdi.
"Ko‘k-anorranglilar" klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu uchrashuv polshalik to‘purar uchun"Barselona" libosidagi yubiley bahs bo‘ldi. Robert kataloniyaliklar uchun 50-jangini o‘tkazdi va 35 ta gol urdi.
Levandovski o‘tgan yozda "Bavariya"dan "Barselona"ga o‘tgan edi. U kataloniyaliklar bilan 2026 yilning o‘rtalariga qadar uzoq muddatli mehnat shartnomasi imzoladi.
Fikrlar