Levandovski Bellingemdan foydaliroq

Robert Levandovski o‘z jamoasiga ligadagi boshqa futbolchilarga qaraganda ko‘proq ochko keltirdi. 

"Barselona" forvardi Ispaniya chempionati 33-turi doirasida "Valensiya" bilan o‘yinda (4:2) xet-trik muallifiga aylandi. 

Polshalik futbolchi mavsum davomida 16 ta goli evaziga "ko‘k-anorranglilar"ga 17 ochko keltirdi. Bu La Ligadagi eng yaxshi natija hisoblanadi. 

17 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan Jud Bellingem "Real"ga 14 ochko keltirgan. "Xetafe" futbolchisi Borxa Mayoral esa 15 ochko ishlashga muvaffaq bo‘lgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!