Levandovski Evropa klubidan yana taklif oldi

  • 22 dekabr, 12:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanib borayotgan 37 yoshli Robert Levandovskiga Turkiyaning yana bir qudratli klubi “Fenerbahche” eiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Bir necha manbalarning yozishicha, tajribali forvardni olish maqsadida turk klubi “Barselona”ga rasmiy taklif yuborgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Fenerbahche” polshalik hujumchining shartnomasi yakunlanishiga yarim yil qolganiga qaramay, uni qishki transferlar vaqtida olish uchun Kataloniya klubiga 10 million evro miqdorida badal puli taklif qildi.

“Barselona” mutasaddilari hali bu taklif bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan.

Shu o‘rinda, Levandovskining o‘zi “Barselona”da qolish istagini bildirayotganini ta’kidlash lozim. Robert Kataloniyada yana bir yil qolish uchun hozir olayotgan 33,3 million evro miqdoridagi yillik maoshining katta qismidan voz kechishga tayyor.

Joriy mavsumda Robert Levandovski barcha musobaqalarda 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol urib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!