Levandovski Messi va Ronalduning ortidan ketyapti

  • 7 noyabr, 2024, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqich to‘rtinchi turida Robert Levandovski “Barselona”ning Serbiyadagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.

Tecno

Polshalik 36 yoshli hujumchi “Tsrvena Zvezda” darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilib, jamoasining 5:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Bu ikki aniq zarba Levandovski uchun Chempionlar ligasidagi 98 va 99-gollar sifatida qayd etildi va tajribali futbolchi musobaqa to‘purarlarining umumiy ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Levandovskiga bu ko‘rsatkichga erishish uchun 124 ta uchrashuv kerak bo‘ldi.

Robert Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan keyin qit’aning eng nufuzli musobaqasida gol urish bo‘yicha yuzlik dovondan o‘tishga yaqin turibdi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Evropadan uzoqda to‘p terayotgan Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi va u 187 ta bellashuvda o‘z hisobiga 141 ta gol yozdirib qo‘ygan. Lionel Messi esa, bu musobaqada 163 marotaba maydonga tushib, 129 ta to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!