Levandovski va Ronaldu tandemini ko‘ramizmi?

  • 26 noyabr, 11:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bilan amaldagi shartnomasi yakunalanayotgan 37 yoshli hujumchi Robert Levadovski turli ligalarning qudratli klublaridan yangi chorlovlar ola boshladi.

Tecno

Polshalik forvard “An-Nasr”dan taklif oldi. Bu haqda fichajes.net sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra,  shayxlarning taklifi mintaqadagi avvalgi shartnomalardan yuqori bo‘lgan summalarni va darhol amalga oshirish mumkin bo‘lgan raqobatbardosh loyihani o‘z ichiga oladi. O‘yinchi javob berishdan oldin vaqt so‘radi va uning birinchi varianti Evropada qolish ekanligini aytdi.

Bu esa, Robert bilan hamkorlik o‘rnatishga harakat qilayotgan “Fenerbaxche”, “Milan”, “Manchester Yunayted” va “Atletiko Madrid” kabi klublarga umid bag‘ishlashi mumkin.

Endi 2026 yilning yozi hamma uchun hal qiluvchi bo‘ladi. Levandovskida tanlov imkoniyati bor. U o‘zi va oilasiga ma’qul variantni tanlashi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!