Levandovski: "Yamal yosh bola emas"

  • 27 iyul, 15:29
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski klubning yosh yulduzi Lamin Yamalning iqtidorini yuqori baholadi. Yaponiyaning Kobe shahrida kataloniyaliklar mavsumoldi turini boshlaydigan matbuot anjumanida hujumchi Yamal hali bor salohiyatini ishga solmaganini aytdi.

Tecno

Levandovskining so‘zlariga ko‘ra, yosh futbolchi o‘tgan mavsumdagi ko‘rsatkichlarini ortda qoldirishga qodir va har yili o‘sib boradi:

- Yamal yosh bo‘lishiga qaramay, maydonda va uning tashqarisida yosh bola emas. U o‘tgan yilgiga qaraganda yaxshiroq o‘ynay oladi. U yildan-yilga o‘yinini kuchaytirishi mumkin, - deya futbolchining so‘zlarini keltirdi Sport.es.

Yamal o‘tgan mavsumni ajoyib o‘tkazdi va "Barselona" safida 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 ta samarali harakatni amalga oshirdi. Bulardan 18 tasi gol va 25 tasi golli uzatma.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!