"Leyptsig" Simons uchun qancha so‘rayotgani ma’lum

  • 15 may, 12:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Leyptsig" Xavi Simons uchun 80 million evro talab qilmoqda.

Germaniyaning "RB Leyptsig" klubi niderlandiyalik yarim himoyachi Xavi Simonsni sotish orqali katta daromad ko‘rishni rejalashtirmoqda. Evropa nashrlarining xabariga ko‘ra, klub 22 yoshli futbolchi uchun 80 million evro so‘ramoqda. Avvalroq, Simonsning "Leyptsig"ni tark etishni istagani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Bu qaror ortida, ehtimol, uning yangi chaqiriqlarga intiluvchanligi yotadi.

Bundan tashqari, futbolchiga Angliyaning "Manchester Yunated" va yana bir necha top klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Xavi Bundesligada 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 9 ta gol urdi va 7 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!