Liem Rosenyor: "Irqchilikka futbolda ham, jamiyatda ham o‘rin yo‘q"
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Liyem Rosenyor Vinisius Juniornig Janluka Prestianni tomonidan irqiy haqorat qilinganigi haqidagi shikoyatiga munosabat bildirdi.
– Bu holat insonni ranjitadi. Har doim vaziyatni to‘liq anglash kerak. Lekin bir narsani aytaman: jamiyatda ham, futbolda ham irqchilikning har qanday ko‘rinishi mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Hozir tekshiruv ketyapti, shuning uchun aniq voqea haqida izoh bermayman. Ammo shunga ishonamanki, futbolchi Vinisius kabi qattiq ranjisa, odatda buning sababi bo‘ladi.
Men o‘zim ham irqiy haqoratlarga duch kelganman. Bunday holatni boshidan kechirgan insonlarni bilaman. Inson o‘zining faxrlanishi kerak bo‘lgan jihati uchun kamsitilsa, bu eng og‘iri. Agar qaysidir futbolchi, murabbiy yoki rahbar irqchilikda aybdor deb topilsa, unga futbolda o‘rin yo‘q. Bu juda oddiy.
Juda ko‘p narsani o‘zgartirish kerak. Irq va jins masalasi jamiyatda murakkab mavzular. Rostini aytsam, bu holatlardan ko‘nglim ayniydi. Bu allaqachon futbol doirasidan chiqib ketgan muammo. Menimcha, bunday illatlarni yo‘qotish uchun javobgarlik kuchaytirilishi shart, – dedi Rosenyor.

Fikrlar