Liem Rosenyor mag‘lubiyatning asosiy sabablarini aytdi

  • 22.03.2026 01:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Liem Rosenyor "Chelsi"ning soʻnggi muvaffaqiyatsiz natijalariga izoh berdi.

Londonliklar APL doirasida "Everton"ga qarshi oʻyinda yirik hisobda (0:3) magʻlub boʻldi. Ushbu oʻyindan soʻng murabbiy jamoada charchoq omili katta rol oʻynayotganini taʼkidladi.

"Bu bahonaga oʻxshab eshitilishini istamayman, ammo jamoaning oʻyinlar jadvali va bajargan ish hajmiga qarasangiz, barchasi tushunarli boʻladi.

Terma jamoalar oʻyinlari uchun tanaffus juda vaqtda keldi. Futbolchilarga dam olish va kuch toʻplash kerak", — dedi Rosenyor.

Eslatib oʻtamiz, "Chelsi" oʻtgan yili Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan va shu sabab yozgi taʼtil qisqartirilgan edi.

Ayni paytda londonliklar Angliya Premier-ligasi jadvalida 6-oʻrinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!