"Lion" bunga majbur bo‘lmoqda

  • 11.05.2020 11:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Lion" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida o‘zining etakchi futbolchilarini sotib yuborishi mumkin.

L’Équipe nashriga ko‘ra, gap yarim himoyachi Ussem Auar hamda hujumchilar Memfis Depay va Mussa Dembele haqida ketmoqda. Liga 1 da mavsum muddatidan avval yakunlangach, “Lion”da evrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyati bo‘lmadi. Jamoa rahbariyati esa yuzaga keladigan inqirozdan chiqish maqsadida etakchi futbolchilarni sotishga majbur bo‘lmoqda.

21 yoshli Auar bu mavsum 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 26 yoshli Depay esa 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 42 ta o‘yinda maydonga tushgan 23 yoshli Dembele esa o‘z hisobiga 22 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!