
"Lion" klubi 42 yillik antirekordini qayd etdi
Liga 1 ning 10-turida "Lion" "Dijon" klubi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Liga 1 da "Lion" ketma-ket 8 ta bellashuvdan buyon g‘alaba qozona olmayapti. 27 avgust sanasidan boshlab, 4 ta mag‘lubiyat va 4 ta durang natija qayd etdi.
Bunday g‘alabasiz uzoq seriya jamoada so‘nggi bor 1977 yili qayd etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabr kuni jamoa bosh murabbiyi Silvino ishdan bo‘shatilgan edi va uning o‘rnini Rudi Garsiya egallagandi.
Fikrlar