Lion» Opendani «Yuventus»dan sotib olishi mumkin
«Lion» belgilayik hujumchi Loi Opendan mavsum yakunida «Yuventus»dan sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida jurnalist Sasha Tavolieri xabar berdi.
«Lion» futbolchining ijarasi uchun 3 million yevro to‘lgan. Shu bilan birga, kelishuvda uni sotib olish bandi ko‘zda tutilmagan.
Tavolierining so‘zlariga ko‘ra, Opendaning doimiy transferi «Lion»ning joriy mavsumdagi natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, agar jamoa Liga 1da muvaffaqiyatli ishtirok etib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritса, fransuz klubi hujumchini sotib olish bo‘yicha taklif bilan chiqishi mumkin.
Openda «Lion» safidagi 9 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Ayni paytda uning jamoasi Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Monako»dan 2 ochko ortda.

Fikrlar