
Lionel Messi – "Oltin to‘p" sohibiga aylandi
Parijdagi "Shatle" teatrida "Oltin to‘p"-2021 sovrini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
PSJ hujumchisi Lionel Messi "Oltin to‘p" sohibiga aylandi. Leo faoliyati davomidagi ettinchi "Oltin to‘p"ini yutdi.
Messi o‘tgan mavsum Argentina terma jamoasi bilan "Kopa Amerika" chempioni bo‘ldi hamda "Barsa" safida Ispaniya kubogi sohibiga aylandi. Shuningdek, hujumchi La Ligada to‘purar bo‘lgandi.
Fikrlar