
Lioto Machidaning o‘zbekistonlik varianti yoxud Shohasan Mirzamatov haqida...(Video)
Yurtimiz MMA olamida tobora mashhurlikka erishib borayotgan Shohasan Mirzamatov (5-1) 22 oktyabr kuni Toshkentda UFC jangchisi Mahmud Muradovga tegishli "Muradov_professional_Liga" promoshuenida navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Xozircha raqib ma’lum emas, biroq ushbu yurtdoshimizning hozirgi kunda jismoniy holati ajoyib ko‘rinish olgan. O‘rta vazn (77.1 kg) toifasida harakat qilayotgan Mirzamatov olti yillik tanaffusdan so‘ng, yana katta sportga qaytgan edi. Aynan ushbu faoliyatidagi katta uzulishdan so‘ng, biroz qiyinchilikka uchragandek ko‘rindi. Ya’ni, NFC promoushenida Serik Tlekeevdan uchralgan mag‘lubiyat bunga misol bo‘la oladi. Sababi, u hali jismoniy holatini to‘liq tiklab ulgurmagandi.
Hozirda esa, u yuqorida aytib o‘tganimizdek, ajoyib jismoniy holatga ega. Aslida, uning kuchli jihati "stoyka"da jang olib borishdir. Oyoq va qo‘l zarbalari ham kuchli ko‘rinish oladi. Biroz jiu-jit-su hamda grepling borasida kamchiliklar yo‘q emasdi.
Lekin so‘ngi vaqtlarda Ahliddin Mirzadavlatov bilan mashg‘ulotlar olib borayotgan Mirzamatov bu borada ham o‘zini ijobiy jihatdan ko‘rsata olyapti. Ushbu jangchimizni o‘xshatish joiz bo‘lsa, sobiq UFC chempioni hozirda "Bellator"da faoliyat yuritayotgan Lioto Machidaga qiyoslash mumkin. Albatta, bu shaxsiy fikrim. Chunki, har ikkisi karateda toblangan va keyinchalik boshqa sport turlarini ham o‘zlashtirgan. Jang olib borish uslublari ham biroz o‘xshab ketadi.
U so‘ngi bor "Oktagon" promoushenida kutilmganda jangga chorlagan ukrainalik Maksim Sorokani dastlabki soniyalardayoq texnik nokautga uchratgandi.
Xullas, ushbu jangchimizdan ijobiy natijalar qayd etishini kutish mumkin. Darvoqe, Sports.uz sayti Shohasan Mirzamatov bilan bilan "Youtube" kanali uchun eksklyuziv intervyu tashkil qilingan.
Mazkur suhbat mobaynida:
1.Maksim Soroka nima uchun jangga chorlaganining asl sababi,
2.Shaxsiy sher bolasi va yo‘lbarslari haqida,
3. O‘zbekistonning eng kuchli o‘zbekistonlik MMA vakillari borasidagi fikrlari,
4. UFCda natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonlik jangchilar deya kimlarni e’tirof etishi...
Shu kabi qiziq savollarga oydinlik kiritilgan. Tez orada Sports.uz saytining "Youtube" kanalida tomosha qilasiz.
Fikrlar