"Liverpool" "Barsa" yulduzi bo‘yicha taklif yubordi
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yongga «Liverpul»dan jiddiy qiziqish borligi ma'lum bo‘ldi.
El Nacional nashri xabar berishicha, angliyalik klub kataloniyaliklarga niderlandiyalik futbolchi uchun 40 million yevro taklif qilgan. Ammo «Barselona» bu taklifni rad etgan.
Manbaga ko‘ra, «Barselona» Frenki de Yongni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor, lekin faqat 70 million yevrodan kam bo‘lmagan taklif kelib tushsa, muzokaraga o‘tirishlari mumkin.
29 yoshli de Yong joriy mavsumda hali biror o‘yinda maydonga tushgani yo‘q. U hozircha olgan jarohatidan to‘liq tiklanish bilan band.
Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari de Yongning transfer qiymatini 35 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar