«Liverpool» kuchli futbolchini olib kelmoqchi
«Milan» markaziy himoyachisi Fikayo Tomori yana Angliya chempionatiga qaytishi mumkin.
Jurnalist Jeyms Uatland ma'lumotiga ko‘ra, futbolchiga eng jiddiy qiziqish bildirgan klublardan biri «Liverpul» hisoblanadi.
Mersisayd jamoasi allaqachon Tomorini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan. Shu bilan birga, himoyachi uchun kurashda «Nyukasl» ham ishtirok etmoqda.
Fikayo Tomori 2021 yili «Chelsi»dan «Milan»ga 28 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda angliyalik futbolchi «rossoneri» safida barcha musobaqalar hisobida 33 o‘yinda maydonga tushib, ikki golli pas muallifi bo‘ldi.
Transfermarkt portali Tomorining bozor qiymatini 17 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar